Servis markazi
AVTECH o‘z mahsulotlari uchun kafolatli xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish maqsadida servis markaziga ega.
Afolatli xizmat ko‘rsatish shartlari
AVTECH mahsulotlari uchun kafolat muddati sotuv sanasidan boshlab hisoblanadi. Sotuv sanasi sotuvchi tomonidan qurilma yuzasiga vizual ko‘rik uchun qulay joyda joylashtirilgan maxsus brend stikeri bilan belgilanadi. Shuningdek, kompyuter texnikasi uchun kafolat talonini olish zarur. Agar kafolat muddati davomida ishlab chiqaruvchi aybi bilan mahsulotda nuqsonlar yuzaga kelsa, AVTECH xizmat ko‘rsatish markazida ular bepul bartaraf etiladi, bu esa Foydalanuvchi tomonidan ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan tashish, saqlash, montaj va ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilingan taqdirdagina amalga oshiriladi. Kafolat majburiyatlari sarflanuvchi materiallar, quvvat elementlari (batareyalar), tashqi quvvat bloklari, ulash kabellari (signal va quvvat kabellari), muntazam texnik xizmat ko‘rsatish, shuningdek, qismlarning oddiy eskirishi tufayli ularni ta'mirlash va almashtirishga nisbatan qo‘llanilmaydi. Mahsulot kafolatli xizmat ko‘rsatish uchun to‘liq komplektda (ko‘rsatmalar, ulash kabellari va boshqalar) taqdim etilishi kerak. Yetkazib berish komplektining kamida bir elementi yo‘q bo‘lsa, kafolatli xizmat ko‘rsatish rad etilishi mumkin. Mahsulot faqat ORIGINAL qadoqda taqdim etilgan taqdirdagina kafolatli xizmatga qabul qilinadi.
Quyidagi holatlarda kafolat majburiyatlari amal qilmaydi::
1. Mahsulotda jismoniy, mexanik yoki termik (yonish) zararlar mavjud bo‘lsa;
2. Mahsulotdan qo‘llanmada ko‘rsatilmagan maqsadlarda foydalanilganda;
3. O‘rnatish, sozlash va foydalanish qoidalariga amal qilinmaganligi tufayli zarar yetganda;
4. Qo‘llanmada ko‘rsatilgan profilaktika ishlari bajarilmagan yoki noto‘g‘ri amalga oshirilganda;
5. Istemolchi tomonidan qilgan qasddan yoki xato harakatlar natijasida zarar yetganda;
6. Tashqi omillar (tabiat hodisalari, yong‘in, chaqmoq, elektr shiddatlari va h.k.) tufayli zarar yetganda;
7. Mahsulot ichiga tashqi narsalar, shu jumladan suyuqliklar, hasharotlar yoki kemiruvchilar tushgan hollarda;
8. Mahsulotda o‘zgartish kiritilganda yoki uni mustaqil ravishda ochib/ta’mirlaganda;
9. Noto‘g‘ri tashish va saqlash natijasida zarar yetganda;
10. Nostandart (asl emas) sarf materiallari yoki qismlardan foydalanilganda;
11. Kuchlanishning ruxsat etilgan me’yorlaridan oshishi yoki qo‘llanmada ko‘rsatilmagan elektr manbalari ishlatilganda;
12. Litsenziyasiz dasturiy ta’minot yoki virusli dasturlar tufayli zarar yetganda;
13. Kafolat belgisi (muhr) buzilganda yoki yo‘q bo‘lganda;
14. Original seriya raqami buzilganda yoki yo‘q bo‘lganda.